Hisobni o'chirish
5baho (Naiza LLC) ilovasida hisobingizni va unga bog'liq ma'lumotlarni istalgan vaqtda o'chirishingiz mumkin.
Ilovada o'zingiz o'chirish
- 5baho ilovasini oching va hisobingizga kiring.
- Pastdagi Profil bo'limiga o'ting va yuqori o'ngdagi tishli g'ildirak (Sozlamalar) belgisini bosing.
- Eng pastdagi Hisobni o'chirish tugmasini bosing va tasdiqlang.
Hisob darhol o'chiriladi.
Ilovaga kira olmasangiz
Telegramda @besh_baho_bot ga hisobingiz ochilgan telefon raqamini yozib, "Hisobimni o'chiring" deb yuboring. So'rov 30 kun ichida bajariladi.
Nimalar o'chiriladi
- Profil: ism, telefon raqami, profil rasmi, @username.
- Sizning e'lonlaringiz va videolaringiz, ularga qo'yilgan layk, izoh va saqlashlar.
- Obunalar, bozor chatidagi suhbatlar, push-bildirishnoma kalitlari, kirish sessiyalari.
- Biznesingiz (agar unda boshqa egasi yoki xodimi bo'lmasa): mijozlar kartalari, bronlar, qo'ng'iroq matnlari va logotip.
Nimalar saqlanib qoladi
- To'lovlar bo'yicha hisob-faktura va buxgalteriya yozuvlari qonun talab qilgan muddatgacha (shaxsingizga bog'lanmagan holda) saqlanadi.
- Biznesda boshqa egasi yoki xodimi bo'lsa, biznes ma'lumotlari ular uchun qoladi, faqat siz undan chiqarilasiz.
Batafsil: Maxfiylik siyosati.